Tayson Fyuri boksga qaytayotganini ma'lum qildi

Super og’ir vazn toifasida WVC chempioni britaniyalik Tayson Fyuri qaytishini e’lon qildi va navbatdagi jang sanasi tez orada ma’lum bo’lishini aytdi.

 

«Menda bitta muhim yangilik bor. Navbatdagi jang sanasi tez orada ma’lum bo’ladi. Bu jiddiy jang bo’ladi. Kuzatishda davom eting, chunki super og’ir vazn qiroli qaytib keldi», – dedi Fyuri.

 

Eslatib o’tamiz, Fyuri 2022 yilning dekabr oyida Derek Chisorani o’ninchi raundda muddatidan oldin mag’lub etgan edi.

 

Avvalroq, Fyuri Saudiya Arabistonida Aleksandr Usik, Entoni Joshua va Deontey Uaylder ishtirokidagi turnirda qatnashishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar tarqalgandi.