Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi bo'yicha kelishuvga erishildi

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida (-55,3 kg) WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (11-0, 8 KO) va IBF yo’nalishidagi majburiy da’vogar Marlon Tapales (36-3, 19 KO) o’rtasidagi jang bo’yicha kelishuvga erishildi.

IBF tashkiloti ushbu bahsga buyruq berib, 3 yanvar kuniga promouterlik savdosini belgilagan edi. Biroq bokschilarning jamoalari bir to’xtamga kelgach, kimoshdi savdosi bekor qilingan.

Hozircha to’qnashuv sanasi va manzili haqida ma’lumot berilmagan. Ammo katta ehtimol bilan jang 2023 yilning birinchi choragida yoki aprel oyida bo’lib o’tishi kutilmoqda.

Eslatib o’tamiz, filippinlik bokschi so’nggi jangini 2022 yilning may oyida o’tkazib, unda meksikalik Xose Estradani mag’lubiyatga uchratgan. Ahmadaliyev esa 2022 yilning iyunida amerikalik Ronni Riosni mag’lub etib, kamarlarini himoya qilgandi.