Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu «Al Nasr»ga o’tishi haqida gapirdi.
Ronaldu Saudiya Arabistoni klubi bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. OAV esa undan intervyu olishda davom etmoqda.
— Siz Yevropani zabt yetdingiz. Endi sizda Osiyoda yangi davr boshlandi. Saudiya Arabistonida bo’lish qanday?
— Hozircha hammasi yaxshi. Futbol va hayotimdagi bu muhim qarorni qabul qilganimdan faxrlanaman.
Avval aytganingizdek, Yevropada mening ishim tugadi. Hamma narsani yutganman, Yevropaning eng yirik klublarida o’ynaganman. Endi Osiyoda menda yangi chaqiruv bor.
“Al-Nasr” menga nafaqat futbol rivoji, balki yangi avlod, yoshlar uchun ham shunday imkoniyat berganidan xursandman. Bu men uchun qiyin, lekin shu bilan birga faxrlidir, — dedi hujumchi klub futbolchisi sifatida taqdimot marosimida.