Jerar Pike Ispaniya medialigasida maydonga tushishi mumkin.
“Barselona” sobiq himoyachisi yangi musobaqaning asoschilaridan biri hisoblanadi. 1 yanvar kuni turnirning 1-tur o’yinlari davomida Pike jonli efirda faol muloqot olib bordi va turli savollarga javob berdi.
Xususan, musobaqada VAR texnologiyasidan ham foydalanish haqida gapirdi. Undan tashqari “o’zing ham turnirda ishtirok etasanmi?”, — degan savolga Pike “Hamma narsa bo’lishi mumkin”, — deya kulib javob berdi.
Eslatib o’tamiz, Pike 2022 yilning noyabr oyida professional faoliyatini yakunlagan edi.
Izohlarni ko`rish