Milanda «Arsenal» futbolchisini pichoqlab ketishdi

Angliyaning «Arsenal» futbol klubi himoyachisi Pablo Marini Italiyaning Milan shahridagi supermarketlardan birida pichoqlab ketishdi. Sportchi shifoxonada yotibdi, deya xabar bermoqda Kazinform.
Mari A Seriyada 15-o’rinni egallab turgan Monsa tomonidan ijaraga olingan futbolchi. Joriy mavsumda u 8 ta o’yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urdi. Ispaniyalik futbolchi 2020 yilda «Flamengo»dan ijara asosida «Arsenal»ga o’tgan va 22 o’yinda maydonga tushgan.

Ayni damda «Arsenal» klubi ma’muriyati futbolchi va uning oila azolari bilan aloqada ekanliklarini malum qildi.

Italiya matbuoti payshanba oqshomida mamlakat shimolidagi Assago tumanidagi Milano Fiori savdo markazida sodir bo’lgan voqeadan so’ng 46 yoshli italiyalik erkak hibsga olinganini xabar qildi.

Politsiya gumonlanuvchining terrorchi ekanligini rad etib, uning ruhiy kasalligi borligini aytdi.

Erkak Carrefour supermarketida vitrinada turgan pichoqlardan birini olib, keyin odamlarga hujum qilgan. Do’konning 30 yoshli xodimi shifoxonaga olib kelinganida vafot etgan. Boshqa jabrlanuvchilarning yoshi 28 dan 81 gacha.