EL. Ronaldu gol urgan bahsda «MYu» yirik g'alabani tantana qildi

Evropa ligasi 5-turida «Manchester Yunayted» o’z maydonida «Sherif»ni qabul qilib, 3:0 hisobida g’alaba qozondi.

O’yinda Dalot hisobni ochdi. Zaxiradan maydonga tushgan Reshford oradagi farqni 2 taga yetkazgan bo’lsa, Ronaldu o’yinga so’nggi nuqtani qo’ydi – 3:0.

Manchester Yunayted Angliya – Sherif Moldova 3:0 (1:0, 2:0)

28 oktyabr, 00.00, «Old Trafford»

Gollar: 1:0 – 44 Diogu Dalot, 2:0 – 65 Reshford, 3:0 – 81 Ronaldu.

Manchester Yunayted – De Xea, Diogu Dalot (Shou, 63), Lindelef, Martines (Maguayr, 46), Malasia, Eriksen, Kazemiro (Maktomini, 63), Brunu Fernandesh, Ronaldu, Antoni (Reshford, 46), Garnacho (van de Bek, 79).

Sherif – Koval, Renan Gedes, Radelich, Kiki, Kpozo, Badolo (Gliga, 90), Kiabu, Diop (Xatman, 79), Mudasiru, Atyemven (Koval, 89), Rashid (Pernambuko, 79).

Ogohlantirishlar: Rashid (22), Renan Gedes (64), Maguayr (84).