Messining «Barselona»da olishi mumkin bo'lgan maoshi ma'lum bo'ldi

Lionel Messining «Barsa»ga o’tgandagi maoshi uning «PSJ»dagi maoshiga o’xshash bo’ladi.

 

Fox Sports Argentina va Tekemundo Deported jurnalisti Veronika Brunatining fikricha, hujumchining Kataloniya klubiga o’tishi iqtisodiy nuqtai nazardan amalga oshishi mumkin.

 

Agar Messi «Barselona»ga qaytsa, u klubdan yiliga 10 million yevro oladi. Homiylik shartnomalaridan tushgan daromad tufayli Leoning maoshi uning «PSJ»da oladigan maoshi bilan tenglashadi.

 

Messining «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyunigacha mo’ljallangan.