Britaniyalik olimlar eng katta qora tuynukni aniqladi

Britaniyalik olimlar supermassiv qora tuynukni aniqladilar. U Quyosh massasidan taxminan 33 mlrd marta katta.

 

Bu fanga ma’lum bo’lgan eng katta qora tuynuk. Ehtimol, uning massasi nazariy jihatdan qora tuynuklar hajmining yuqori chegarasidir.

 

Supermassiv qora tuynuklar ko’plab galaktikalarning markazida joylashgan. Astrofizik kuzatuvlar shuni ko’rsatadiki, Olamda deyarli boshidanoq supermassiv qora tuynuklar mavjud bo’lgan — ularning eng qadimgisining yoshi 13,7 milliard yilga baholangan, Olamning yoshi esa 13,799 milliard yildir.