Messijon ro'yxat boshida!

Goal.com talqiniga ko’ra, «PSJ»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi «Oltin to’p»ni qo’lga kiritish uchun asosiy da’vogar bo’lib qolmoqda.

Nashr ushbu sovrinni qo’lga kiritish uchun favoritlarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Messi birinchi pog’onada qoldi, ikkinchi o’rinda «Manchester Siti»ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland, uchinchi o’rinda «PSJ»ning yana bir hujumchisi Kilian Mbappe joylashgan.

Top 10 quyidagicha ko’rinish olgan:

1. Lionel Messi (Argentina, «PSJ»);
2. Erling Holland (Norvegiya, «Manchester Siti»);
3. Kilian Mbappe (Fransiya, «PSJ»);
4. Vinisius Junior (Braziliya, «Real Madrid»);
5. Karim Benzema (Fransiya, «Real Madrid»);
6. Viktor Osimxen (Nigeriya, «Napoli»);
7. Xvicha Kvarasxeliya (Gruziya, «Napoli»);
8. Kevin De Bryuyne (Belgiya, «Manchester Siti»);
9. Markus Reshford (Angliya, «Manchester Yunayted»);
10. Robert Levandovski (Polsha, «Barselona»)