Messiga «PSJ»ni tark etish maslahati berildi

«PSJ» klubi sobiq futbolchisi Jerom Roten parijliklar hujumchisi Lionel Messi jamoani tark etishi kerak, deya hisoblamoqda.

«Argentina terma jamoasidagi 10 kunlik vaziyatni o’zgartiradimi, u «PSJ» safida mavsumni yaxshiroq yakunlashida yordam beradimi? Men bunga ishonqiramay turibman. «PSJ» va Messi o’rtasidagi «sevgi tarixi» o’xshamadi. Bu holat iyun oyida barham topishi kerak. Bu barcha uchun yaxshi bo’ladi», – dedi Roten «RMC Sport» nashriga bergan intervyusida.

Messi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 26ta o’yinda ishtirok etib, 7 gol va 10 assist muallifiga aylandi.