Qovoq shishlarining sababi nima?

Qovoqdagi shishning sabablari turlicha bo’lib, bu holat ba’zan kasalliklardan ham darak beradi.

Qovoq shishlariga:
-Surunkali kam uxlash
-Kechqurun ko’p miqdorda suv ichish
-Allergiya
-Spirtli ichimliklarni muntazam ichish
-Jarohatlar
-Stress
– Ko’p yig’lash

Bundan tashqari, organizmda suyuqlik yig’ilishi, shishlar va buyrak kasalliklarida ham qovoqda shishlar kuzatiladi. Ayollarda kosmetika mahsulotlari noto’g’ri tanlanganda yoki muddati o’tgan mahsulotlar ishlatilganda ham ushbu holat kuzatiladi.

– Bu holat ko’zga va ko’rish o’tkirligiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi uchun shifokorga murojaat qilish va davolash lozim.

Shifokor Hilola Jumayeva:

SoglomHayot