«PSJ» hujumchisi Neymar keyingi mavsumda Parij klubida qolishi mumkin. Jurnalist Adrien Grenier xabariga ko’ra, braziliyalikning atrofidagilari futbolchining «PSJ»da qolishiga ishonadi.
Manbaga ko’ra, braziliyalik futbolchiga «Chelsi», «Milan» va «Santos» kabi klublar qiziqish bildirishgan. Biroq sanab o’tilgan klublar bu mavsumda hujumchi transferini amalga oshirish nihoyatda qiyin bo’lishini allaqachon anglab yetgan.
Avvalroq Neymar va «PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelayfi o’rtasida mojaro borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Izohlarni ko`rish