«PSJ» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoasining «Lill» ustidan qozongan g’alabasidan mamnun.
Hujumchi Lionel Messi o’yinda gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Pochettino futbolchini sayyoradagi tengsiz o’yinchi deb atadi.
«Biz o’yinni yaxshi o’tkazdik. Jamoaning o’yinidan juda mamnunman. Ko’plab vaziyatlar yaratdik, ajoyib kombinatsiyalar uyushtirdik.
Futbolchilar ancha ishonchli o’ynashdi. Bu progress uchun boshlang’ich nuqtadir. Biz mavsumning eng yaxshi o’yinlaridan birini o’tkazdik. Raqibimiz Chempionlar ligasi jamoasi edi, juda qiyin bahs kechdi.
Men Messining sayyoradagi eng yaxshi futbolchi ekanligiga hech qachon shubha qilmaganman. Unga moslashish, formasini tiklash uchun vaqt berish muhim edi. Axir u koronavirus tufayli bir oy maydonga tushmadi. Buni hisobga olish kerak», – deydi Pochettino.