«Barselona»ning sobiq futbolchisi Xristo Stoichkov Kataloniya klubi vingeri Usmon Dembele bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydigan vaziyat haqida fikr bildirdi.
«»Barselona» uning uchun qancha to’lagani meni qiziqtirmaydi. Meni o’yin davomida nima bo’layotgani qiziqtiradi. Uning o’yin sifati bor, u tezkor futbolchi. Ammo uning muammosi muxitda.
Menimcha, u xato qildi va uni kechirib bo’lmaydi. Usmon muxlislar uni qo’llab-quvvatlamasligini biladi. Fransiyalik o’z mentalitetini o’zgartirishi kerak. Dembelening muammosi shundaki, u klub tarixini bilmaydi.
Usmon bilishi kerakki, futbol shunchaki yugurish emas. U eshitishi kerak. Yoxan Kroyff bilan birga o’qiganman. Papen, Lineker, Gerd Myuller va van Basten kabi futbolchilarni ham kuzatganman. Men bu odamlar bilan katta bo’lganman va o’yinimda nimanidir o’zgartirishni xohlardim.
Futbolchilarning maoshi so’nggi 12 yil ichida keskin oshdi. U ishlashi kerak. Men Dembelening iqtidoriga hech qachon shubha qilmaganman, lekin u o’zi bo’lgan vaziyatdan chiqish yo’lini topishi kerak.
Har holda, u mavsum yakunida jamoadan ketadi”, – dedi Stoichkov BeIn Sports nashriga.