Ronaldu «PSJ» o'tishni o'ylamoqda

Muxlislar Ronaldu va Messini bir jamoada ko’rishadimi?

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadan darg’azab bo’lishda davom etmoqda. Futbolchiga bosh murabbiy ham, klubni boshqaruvi ham yoqmayapti. Shu sababli, portugaliyalik hujumchi «MYu»ni tark etishni o’ylamoqda.

Angliya matbuotining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Ronaldu «PSJ» klubiga o’tishni o’ylamoqda. Muxlislar tez orada Ronaldu va Messini bir jamoada o’ynashlarini ko’rishlari mumkin.