Mbappening qachon «Real»ga o'tishi aytildi

Mish-mishlar «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappeni «Real» bilan bog’lashda davom etmoqda. Avvalroq matbuotda 24 yoshli fransiyalik futbolchi imkon qadar tezroq «Santyago Bernabeu»ga o’tmoqchi ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi. The Athletic nashrining yozishicha, madridliklar Mbappening ahvolini kuzatib bormoqda, ammo uning transferi uchun pul to’lamoqchi emas. Madridning “Real” klubi Kilianni 2023/2024 yilgi mavsum oxirida uni erkin agent sifatida o’z safiga qo’shib olishga umid qilmoqda.

Qayd etilishicha, Kilian Mbappening «PSJ» bilan amaldagi shartnomasida uni futbolchi tomonidan bir tomonlama bekor qilish varianti bor, bu 2024 yilning yozida amalga oshirilishi mumkin. Balki aynan o’shanda «Real Madrid» yulduz fransuzni qo’lga kiritishga harakat qilar.