Chililik suzuvchi Antarktida qirg’oqlari bo’ylab ikki yarim kilometr muzli suvda suzib, jahon rekordini o’rnatdi. Bu vaqt davomida uni qo’llab-quvvatlash guruhi a’zolari va Chili dengiz floti a’zolari kuzatib yurishgan.
37 yoshli Barbara Ernandes suv harorati ikki darajadan sal oshiqroq bo’lishiga qaramay, oddiy suzish kiyimida mazkur masofani 45 daqiqada bosib o’tdi. Sportchi jismoniy jihatdan nihoyatda qiyin bo’lsa-da, nihoyat orzusini amalga oshirganini aytdi.
«Tiklanish juda qiyin edi. Menda kuchli hipotermiya bor edi – tana haroratim 27 darajaga tushdi. Bunday sharoitda suzish uchun nafaqat jismoniy, balki psixologik jihatdan ham tayyorgarlik ko’rish kerak. Biz bu natija uchun uch yil qattiq mehnat qildik», deydi Barbara.
Hozirda «muz parisi» rekordi xalqaro tashkilotlar tomonidan tekshirilmoqda.
Ma’lumotlarga ko’ra, chililik “muz suv parisi” Janubiy Shetland orollari yaqinida Atlantika okeanida 2,49 kilometr masofani suzib o’tgan
Bu uning birinchi rekordi emas – u ilgari Atlantika va Tinch okeanlari orasidagi Dreyk bo’g’ozini eng tez suzib o’tgan edi.