Jurnalist Daniel Rioloning xabar berishicha, Fransiya terma jamoasi va «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe hozirgi jamoasida qolishi mumkin.
Manbaning xabariga ko’ra, fransiyalik futbolchi tez orada «PSJ» bilan shartnomasini yangilayotganini e’lon qiladi.
«Hech kim menga ishonmaydi, lekin Mbappe may oyida o’z qarorini e’lon qiladi va qoladi», – dedi jurnalist.
Avvalroq Mbappe «Real» bilan yozda kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi. «Qirollik klubi»da fransuz soliqlardan tashqari yiliga 25 million yevro olishi aytilgan.
Izohlarni ko`rish