Dubayda qilichbozlik bo’yicha o’smirlar va yoshlar o’rtasida jahon chempionatida O’zbekiston sharafini munosib himoya qilgan sablyachilar Toshkentga qaytib kelishdi.
Jahon chempionatida Zuhriddin Qodirov oltin, Zaynab Dayibekova esa bronza medalini qo’lga kiritdi.
Zuhriddin Qodirovni “Mard o’g’lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to’g’risidagi O’zbekiston prezidentining farmoni o’qib eshittirildi va sportchiga mukofot topshirildi.
Murabbiylar Vladimir Nazlimov 2 ming, Yorqin Yo’ldoshev 1 ming, sportchi Zuhriddin Qodirov 5 ming, Zaynab Dayibekova esa 3 ming dollar miqdoridagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
Izohlarni ko`rish