Mbappe Neymar bilan bir maydonda to'p surmoqchi emas!Paris Saint-Germain’s French forward Kylian Mbappe (L) is subsituted off for Brazilian forward Neymar (R) during PSG’s Japan Tour football match against Urawa Reds at the Saitama Stadium in Saitama on July 23, 2022. (Photo by Toshifumi KITAMURA / AFP) (Photo by TOSHIFUMI KITAMURA/AFP via Getty Images)

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe klubdan braziliyalik futbolchisi Neymarni sotishni istamoqda, deya xabar beradi Get French Football News Romain Molinaga tayanib.

Manba bergan xabarga ko’ra, o’tgan mavsum oxiridan buyon Mbappe jamoa rahbariyatdan braziliyalikdan qutulishni talab qilgan. So’nggi yillarda futbolchilar o’rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada yomonlashgan. Manbaning ta’kidlashicha, Neymar Mbappe rahbariyatni braziliyalikni sotishga ko’ndirmoqchi bo’layotgani haqidagi mish-mishlarni eshita boshlagan, aynan shu sabab futbolchilar o’rtasidagi ziddiyat kuchaygan.

Mbappe so’nggi yillarda Neymardan ko’p narsani o’rganganiga ishonadi, ammo endi u Lionel Messidan o’rganishni afzal ko’radi.

Eslatib o’tamiz, Liga 1 2-tur uchrashuvida «PSJ» o’z maydonida «Monpelye»ni 5:2 hisobida mag’lub etgandi. Birinchi bo’lim o’rtalarida Kilian Mbappe penaltini aniq amalga oshira olmadi. O’yindan so’ng fransiyalik futbolchining maydonda o’zini yetarli o’yinga bag’ishlamayotgani va istaksiz harakat qilganini his qilgan klub muxlislari tomonidan tanqid qilindi.