O’rta vaznda UFC jangchisi Mahmud Murodov O’zbekiston Qurolli Kuchlari safiga qo’shildi. Bu haqda jangchi o’z Instagram sahifasida xabar berdi.
Mahmud Murodov bir qator sportchilar va xodimlar qarshisida qasamyod qabul qildi.
«O’zbekiston Respublikasiga va Prezidentimga sadoqat bilan xizmat qilaman!», — deb yozdi jangchi o’z sahifasida.
Ma’lumot uchun, Murodov Chexiya bayrog’i ostida ham janglarda qatnashardi. Biroq uning Chexiyadagi vizasi «jamiyat uchun xavfli» ayblovi bilan bekor qilingandi.
Izohlarni ko`rish