«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe 2022 yilgi Chempionlar ligasi finalida «Bavariya»dan uchralgan mag’lubiyatni faoliyatidagi eng yomon lahza deb ta’rifladi. 23 yoshli fransiyalik futbolchining so’zlariga ko’ra, o’yindan keyin u yolg’iz qolib, yig’lagisi kelgan.
«Faoliyatimdagi eng yomon lahza Chempionlar ligasi finalidagi mag’lubiyat bo’ldi», – degan Mbappe.
– O’yin tugaydi, siz medal olasiz va kubokni ko’rasiz, lekin bu siz uchun emasligini bilasiz. Bu g’alati tuyg’u, lekin hayot shunday. To’g’risini aytsam, yolg’iz qolib, yig’lagim keldi. Ammo bu mening hikoyamning bir qismi. U yerga qaytib, g’alaba qozonish uchun yaxshilanish kerak.»
Hujumchi joriy mavsum parijliklar safida 5 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Liga 1ning 6 turidan so’ng «PSJ» 16 ochko jamg’arib, turnir jadvalida 1-o’rinda bormoqda.
Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turida Parij klubi “Yuventus”ni mag’lub etdi (2:1).