«Manchester Yunayted» klubi himoyachisi Yap Stam hujumchi Krishtianu Ronaldu tushib qolgan vaziyat borasida o’z fikrini bildirib o’tdi. Eslatib o’tamiz, portugaliyalik futbolchi asosiy tarkibda o’z o’rnini yo’qotdi.
«Men Ronalduni fantastik futbolchi deb baholayman. U, avvalgidek, ajoyib to’purar. U jamoa bilan tayyorgarlik jarayonini o’tamadi. Shuning uchun u jamoaga yaxshi formada qo’shilmadi. Shu bois, murabbiy boshqalarga imkon berishga qaror qildi. Lekin Krishtianu har bir bahsda o’ynashni istaydi. Tarkibda bunday saviyadagi futbolchining bo’lishi — istalgan murabbiy uchun ajoyib imkoniyat. Men «MYu»ning «Arsenal»ga qarshi uchrashuvini tomosha qildim. Tashqaridan qaraganda, Ronaldu zaxirada o’tirganiga qaramay, u jamoaning o’yiniga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Ammo u zaxiradagi futbolchi bo’lib qolishga rozi bo’lmaydi», – dedi Stam «The Sun» nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot o’rnida. 37 yoshli Ronaldu «Manchester Yunayted» safida 6ta o’yinda ishtirok etib, hali birorta ham golda yoki golli uzatmada ishtirok etmadi. Uning klub bilan 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.