O'zbekistonlik yosh short-trekchi xalqaro musobaqada ikkita oltin medalni qo'lga kiritdi

22-24 noyabr kunlari Rossiyaning Yaroslavl shahrida short-trek bo’yicha “Yosh yuguruvchi” xalqaro musobaqasi bo’lib o’tdi.

Unda o’zbekistonlik sportchi Alimardon Mahmudov 2 yo’nalishda muvaffaqiyat qozondi.

Mahmudov dastlab 333 metr masofaga kechgan bahsda barcha raqiblarini ortda qoldirdi. Shundan so’ng u 500 metrga kechgan yo’nalishda ham tengsiz bo’ldi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Alimardon Mahmudov Moskva viloyatida bo’lib o’tgan short-trek bo’yicha bolalar o’rtasidagi xalqaro turnirda uchta oltin medalga sazovor bo’lgan edi.