«Manchester Yunayted» futbolchilari so’nggi uch yilda ilk bor muxlislar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Klub futbolchilari mashg’ulotlar maydoniga tashrif buyurgan muxlislarni xursand bo’lishiga sababchi bo’ldi. O’yichilar ichida 37 yoshli Ronaldu ham bor edi. Portugaliyalik boshqa jamoadoshlari bilan asosini imkoniyati cheklangan bolalar (shuningdek, aqliy zaiflar ham) tashkil etgan muxlislar bilan ko’rishdi.
Ta’kidlash joizki, ushbu uchrashuv 2019 yildan beri jonli tarzda o’tgan mitinglarning dastlabkisi edi. Pandemiya sababli «MYu» futbolchilari bunday yig’inlarga qatnashish borasida nofaol bo’lib kelgan.
Jamoa sardori Xarri Maguayr ham tadbir ishtirokchisi bo’ldi. Bu haqida markaziy himoyachi o’z fikrlari bilan o’rtoqlashar ekan, jumladan shunday deydi: «Biz bunday voqealar klub uchun nimani anglatishini juda yaxshi bilamiz. Men bu jamoaga kelganim zahotiyoq ijtimoiy muhit, muxlislar qo’llovi va ularning hislari qanchalik biz uchun muhimligini yaxshi anglaganman. Menimcha, bir inson o’laroq, biror kishining yuziga tabassum yugurtirib, uni baxtli qilishdan kuchliroq quvoch bo’lmasa kerak. Bizlar mana shunday kunlarni juda ham sog’ingandik. Muxlislar qaytganini ko’rish esa haqiqiy rohat».
Ushbu uchrashuvda, shuningdek, Markus Reshford, Kristian Eriksen, Kazemiro, De Xea va Lisandro Martineslar ham ishtirok etishgan. Muxlislar futbolchilar bilan ko’rishib qolmasdan, stadion, baza hamda Karrington bo’ylab sayr ham qilishdi. Bu narsa muxlislar, xususan, bolajonlarga o’z qahramonlarini ko’rish va ular bilan suratga tushish imkonini ham taqdim etdi. Boz, ustiga «Everton»ga qarshi g’alabadan keyin «MYu» futbolchilari a’lo kayfiyat bilan ushbu tadbirda ishtirok etgan. Ronaldu esa so’nggi bahsda zaxiradan maydonga tushib, o’zining faoliyatidagi 700-golini urishga erishgan edi. Ushbu gol g’alabaga sababchi bo’ldi.
Erik ten Xag esa bu orqali «Everton»ning 6 ta o’yinlik mag’lubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi. Oldinroq «MYu» «Arsenal»ni mag’lub etib, londonliklarning g’alabali seriyasiga nuqta qo’ygan edi. Kelayotgan tur «MYu» uchun APLda «Nyukasl»ga qarshi kechadi.