«Roma” hujumchisi Paulo Dibala chorshanba kuni tibbiy tekshiruvdan o’tdi. Ma’lumotlarga ko’ra, futbolchining mushaklari shikastlanganini tasdiqladi.
Anjelo Manjantening yozishicha, Dibala 4-6 hafta maydonga tusha olmaydi, biroq unda Argentina terma jamoasi bilan JChda qatnashish imkoniyati bor.
«Il Corriere Dello Sport»ning qo’shimcha qilishicha, Paulo Dibala kelasi hafta yana tekshiruvdan o’tadi.
Ma’lumot o’rnida, 20 noyabr kuni Qatarda bo’lib o’tadigan JCh-2022 musobaqasi start oladi.
Eslatib o’tamiz, Paulo Dibala A Seriya doirasida «Lechche»ga qarshi o’yinda jarohat olgan.
Izohlarni ko`rish