Kanlija

JOYLAShUVI: Kanlija Istanbul Beykozning mashhur joylaridan biri hisoblanadi. Anadoluhisari va Chubuklu o’rtasida joylashgan. Anadolu tomonidan Fotih Sulton Mehmet ko’prigi shimoliy tomonida joylashgan. Kanlija aholi soni bilan mashhurdir.

Kanlija

KANLIJA HAQIDA: Kanlija haqida turli xil mish-mishlar mavjud. Misol uchun eng ko’p tarqalganlaridan biri, Usmonli sultonlaridan biri bir kun buyruq berib, Istanbulning eng yaxshi joyini topilishini buyuradi. U vazirlaridan buni qanday qilib aniqlash haqida ularning fikrlarini so’raydi. Vazirlardan biri qonli go’shtlarni hamma joylarga osib qo’yish kerakligini, go’shti buzilgan joy eng toza, eng yaxshi yer bo’lishini aytadi. So’ngra Sulton buyruq beradi va aniqlagandan so’ng Usmonli sultoni bu tumanni Kanlija deb nomlaydi. Shuningdek, tomoshabinlarning sevimli filmlaridan hisoblangan “Kurtlar Vadisi” va “Kardesh Payi” seriallari ham Kanlijada tasvirga olingan.

Kanlijada albatta tashrif buyurishingiz kerak bo’lgan joylar ro’yhati:

1. Xediv Qasri

Kanlija kichik bir tumanlaridan biri hisoblanadi. Sayohatingizni Xediv Qasri bilan boshlasangiz to’g’ri bo’ladi. Tarixga guvoh bo’lgan yodgorlik, daraxtlariga to’la ulkan bog’dan tashkil topgan. Bir qarashda sehrli qasrga o’xshab ketadi. Minora lola va atirgullar bilan bezatilgan rang-barang gul bog’lardan iborat.

Bog’ning havosi kunnigizni yaxshi kayfiyat bilan boshlash imkonini beradi. Tashqi yeshikka o’yib ishlangan gullar yaqqol sayyohlar e’tiborini o’ziga tortadi. Art Niveau uslubida qurilgan bu ajoyib tarixiy qasrning ichki qismi ham tashqi qismi ham hayratga soladi.

2. Mihrabat bog’i

Mihrabat bog’i ham sayyohlar diqqat e’tiborini tortadigan joylardan biri hisoblanadi. Kanlijada borishingiz kerak bo’lgan joylardan biridir. Ikkita ko’prikga qaragan ajoyib Bosfor manzarasi bo’lgan bu maskanda betakror go’zal Bosfor manzarasi sayr qilishingiz yoki Bosfor qarshisida kitobingizni o’qib bo’g’oz manzarasidan bahra olishingiz mumkin. Mihrabat bog’i Ibrohim Posho tomonidan qurdirilgan. Ming afsuski, Mihrabat bog’i bir hafta ichida qo’zg’olon tufayli vayron bo’ldi. Mihrabat bog’i o’zining go’zal manzaralari bilan turli yozuvchi va shoirlarning ilhom bag’ishlovchi yerlardan biri bo’lib kelgan. Anadoludagi eng yashil joylardan biri hisoblanadi.

3.Ada Baro bog’i

Xedivdan sohilga tushayotganda, Usmonlilar davridan qolgan tarixiy uylarni tomosha qilish insonga o’zgacha zavq beradi. Insonga xotirjamlik baxsh etadi, Kanlijada tashrif buyurish va ko’rishni albatta borish tavsiya qiladigan joylardan biridir. Chunki u Xediv qasri va plyajga yaqin.