“Man Siti” — “PSJ” o'yiniga oid statistika va faktlar

▪️“PSJ” YChLning qatorasiga 4 ta safar o’yinida g’alaba qozona olmadi — 2 durang, 2 mag’lubiyat;

 

▪️“Man Siti” YChLda ketma-ket 5-mavsum birinchi o’rin bilan pley-off bosqichiga yo’l oldi. APL vakillari orasida ushbu formatdagi (2003-yildan keyin) musobaqada faqat “Man Yunayted” bu natijaga erisha olgan;

 

▪️Kilian Mbappe klub va terma jamoasidagi so’nggi beshta o’yinning barchasida gol urdi. Bu oraliqda futbolchi 8 ta to’p kiritishga erishgan;

 

▪️“Man Siti” o’yinning birinchi bo’limda darvoza tomon 11 ta zarba berdi, “PSJ” esa 3 ta. Mahrezning (4) o’zi parijliklardan ko’proq zarba yo’llagan;

 

▪️Rahim Sterling YChLdagi gollari sonini 23 ta yetkazib oldi va ingliz futbolchilari orasida Lempardning natijasini takrorladi. Faqat Runi (30) va Skoulzda (24) natija yaxshiroq;

 

▪️Mbappe (22 yosh-u 339 kun) YChLdagi 50-o’yinini o’tkazdi. Faqat Sesk Fabregas va Iker Kasilyas bu ko’rsatkichni undan yoshroq vaqtida qayd etgan.