Xavi “Barselona” bosh murabbiyi sifatida YeChLda debyut qildi. Afsuski, uning debyuti muvaffaqiyatli o’tdi deb bo’lmaydi. Katalonlar “Benfika”dan Lissabondagi mag’lubiyat uchun o’ch ololmadi. Tomonlar durangga imzo chekdi va guruhdagi 2-o’rin masalasini so’nggi turga qoldirdi.
So’nggi, 6-turda “Barselona” safarda “Bavariya” bilan to’qnash keladi. Shu o’yindagi g’alaba “Benfika” o’z uyida “Dinamo”ni mag’lub etgan taqdirda ham Xavi jamoasini keyingi bosqichga olib chiqadi. Bordiyu, “Barsa” Myunxenda durang qayd etsa, “Benfika” esa g’alaba qozonadigan bo’lsa, o’zaro o’yinlardagi natijalar evaziga Lissabon klubi pley-offga yo’l oladi.
Agar “Barsa” nemislarga yutqazsa, katalon klubi muxlislarining “Benfika” o’z uyida “Dinamo K” bilan durang qayd etishi yoki mag’lub bo’lishiga umid qilishdan o’zga chorasi qolmaydi.
Umuman olganda, Xavi jamoasining taqdiri hamon o’z qo’lida. Buning uchun esa ular qanchalik dahshatli bo’lmasin “Bavariya”ni yutishi kerak bo’ladi.
Muxlislar, “Barsa”ning so’nggi turda “Bavariya”ni so’nggi turda yutishiga ishonasizmi?