Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor o’zining sobiq do’sti Artem Lobovga qarshi sudning birinchi qismida g’alaba qozondi.
Ma’lum bo’lishicha, Irlandiya Oliy sudi Lobovning ikkinchi da’vosini rad etdi, unda u Konor va uning otasini ijtimoiy tarmoqlarda haqorat qilishda ayblab, bu xabarlarni «kelishilgan hujum» deb atadi. Artem Makgregordan haqorat qilib yozgan postlarni o’chirib tashlashni talab qildi.
Ma’lumot uchun, Makgregor Lobovni bir necha bor kalamush deb atagan. Sudya Garret Saymonning ta’kidlashicha, kalamush haqoratli atamalardan biri. Lekin, tuhmatli so’z emas. Shuning uchun u Lobovning arizasini rad etdi.
Izohlarni ko`rish