Qatarlik investorlar “Manchester Yunayted”ni 5 milliard funt sterlingga (5,7 milliard yevro) sotib olishga tayyor.
“Bloomberg” agentligiga ko’ra, ular tegishli taklif tayyorlamoqda. Mamlakatning sobiq bosh vaziri va Qatar investitsiya boshqarmasining sobiq rahbari Hamad bin Jasim bin Jobir Al Tani klubni Gleyzerlar oilasidan sotib olish bo’yicha taklifni yakunlamoqda.
Eslatib o’tamiz, “Manchester Yunayted” yangi xo’jayinlarni izlamoqda. 2005 yildan beri klubga egalik qilgan Gleyzerlar oilasi o’z aktivlarini to’liq sotishi mumkin. Arizalarni yig’ish boshlangan, ularni tanlash va ko’rib chiqish “Chelsi”ni sotish bo’yicha operatsiyani boshqargan bank tomonidan amalga oshiriladi.
Angliya klubi Premyer-liga turnir jadvalida uchinchi o’rinni egallab turibdi.