Myunxenning “Bavariya” klubi polshalik hujumchi Robert Levandovskining narxini 75 million yevroga oshirdi, deb xabar beradi Diario Sport.
Avvalroq nemis klubi futbolchi uchun 60 million yevro talab qilgandi. Hujumchi uchun asosiy da’vogar «Barselona» bo’lib turibdi, ammo kataloniyaliklar uning uchun 40 million yevrodan ko’p to’lashlari mumkin emas. Polshalik forvardga «PSJ» va «Chelsi» ham qiziqish bildirmoqda.
33 yoshli Levandovski o’tgan mavsumda «Bavariya» safida barcha turnirlarda 46 ta o’yinda maydonga tushib, 50 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo’ljallangan.
Izohlarni ko`rish