“Bunyodkor” futbol akademiyasiga yangi rahbar tayinlandi

Azizbek Haydarov “Bunyodkor” futbol akademiyasiga direktor etib tayinlandi. Bu haqda UzA xabar qildi.

O’z vaqtida “qaldirg’ochlar” safida uzoq yillar to’p surgan A.Haydarov endilikda “Bunyodkor” FKda mahoratli futbolchilarni tayyorlash tizimida faoliyat ko’rsatadigan bo’ldi.