Levandovski – yilning eng yaxshi hujumchisi

«Bavariya» forvardi Robert Levandovski France Football tomonidan ta’sis etilgan «Yilning eng yaxshi forvardi» sovrinining ilk sohibiga aylandi.

Polshalik 33 yoshli futbolchi yakunlanayotgan yilda «Bavariya» bilan Bundesliga va Germaniya Superkubogida g’olib bo’ldi.

41ta gol bilan Germaniya chempionati to’purariga aylanib, afsonaviy Gerd Myullerning rekordini yangiladi.

Hujumchi 2021 yilda hozirgacha 64ta to’p kiritdi.