image0

Keniyada joylashgan Masai-Mara milliy qo‘riqxonasining yovvoyi tabiat fotosuratchisi Kambiz Kameo Purgxanad tomonidan olingan jingalak yolli noyob sherning surati internetda keng tarqaldi va millionlab foydalanuvchilarning e’tiborini tortdi.

Asosan erkak sherlarda yollarning rangi va tuzilishi bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Biroq bu safar tasvirlangan sherning tabiiy jingalak yolli qiyofasi o‘ziga xosligi bilan ko‘plab ijtimoiy tarmoqlarda muhokama markaziga aylandi.

Tasvirdagi sherning ismi Nzuri M6 bo‘lib, u Olepolosning o‘g‘li va ilgari Topi-Pride (Topi to‘dasi) tarkibida bo‘lgan. Hozir esa Nzuri yettita erkak sherning yangi guruhiga mansub bo‘lib, ular ilgari to‘dadan ajralib chiqqan.

“Shuni yodda tuting, Nzuri hozirda Masai-Maradagi eng chiroyli sherlardan biri va u Afrikadagi Bon Jovi, Moyey va Blondilar qatorida o‘z o‘rnini egallaydi”, deydi fotograf o‘z postida.

Yovvoyi tabiatning bunday ajoyib manzaralari odatda o‘z ishiga sadoqatli va sabrli tabiat fotograflari orqali ommaga yetib boradi.

Qayd etilishicha, fotosurat muallifi kasbi bo‘yicha uchuvchi, ammo yuragi bilan tabiat fotografi bo‘lgan Kambiz Kameo bu kadrni Masai-Mara qo‘riqxonasida tasvirga olgan. Unga ko‘ra, bu lahza “tabiatdagi eng kam uchraydigan go‘zalliklardan biri” bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yovvoyi tabiat suratlariga hazilomuz kayfiyatni olib kiruvchi Nikon Comedy Wildlife Awards 2025 tanlovi tashkilotchilari finalga chiqqan ishtirokchilarning nomlarini e’lon qilgan edi. 

Mohichehra Qadamova