Muhammad Saloh — muxlislar talqiniga ko'ra Angliyada 2021-yilning eng yaxshi o'yinchisi

Muhammad Saloh — muxlislar talqiniga kG’ra Angliyada 2021-yilning eng yaxshi o’yinchisi.

“Liverpul” hujumchisi Angliya va Uels futbol muxlislari assotsiatsiyasi talqiniga ko’ra 2021-yilning eng yaxshi o’yinchisi deb topildi. Misrlik futbolchi bu sovrinni ikkinchi marta qo’lga kiritdi. Saloh 2018-yilda ham ushbu sovringa ega chiqqandi.

Muhammad sovrin uchun kurashda Meyson Maunt (“Chelsi”), Mikail Antonio (“Vest Hem”), Fil Foden, Ruben Diash (ikkisi – “Manchester Siti”) va Yuri Tilemansni (“Lester”) ortda qoldirdi.