Messini qutlaymiz!

Argentina terma jamoasi va PSJ klubi hujumchisi Lionel Messi 7 karra «Oltin to’p» sohibi bo’ldi.

Marosimda Robert Levandovski yilning eng yaxshi hujumchisi mukofotini qo’lga kiritdi.

Shuningdek, «Barselona» futbolchisi Pedri yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida Kopa sovrinini, Italiya termasi darvozaboni Donnarumma esa Lev Yashin mukofotini qo’lga kiritdi.

«Barselona»ning ayollar jamoasi hujumchisi Aleksiya Putellyas yilning eng yaxshi ayol futbolchisi sifatida «Oltin to’p»ni qo’lga kiritdi.

«Chelsi» esa yilning eng yaxshi klubi bo’ldi.