Krishtianu Ronaldu va «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag suhbat o’tkazishdi, unda tomonlar «Old Trafford»da portugaliyalik yulduzning kelajagi haqida gaplashishdi.
Fabritsio Romanoning so’zlariga ko’ra, muzokaralar muvaffaqiyatli o’tdi. Tomonlar Krishtianu kelasi mavsumni “qizil iblislar” safida o’tkazishiga kelishib oldi.
37 yoshli hujumchi o’tgan mavsumda APLda 30 ta o’yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. KriRoning «mankunianliklar» bilan amaldagi shartnomasi muddati kelasi yilning o’rtalarigacha mo’ljallangan.
Izohlarni ko`rish