Ispaniyalik yarim himoyachi Marko Asensio «Real»ni tark etishga yaqin turibdi. Futbolchi faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Todofichajes nashri xabar qilganidek, yarim himoyachi yozgi transfer oynasida «Liverpul»ga o’tishga rozi bo’ldi. Endi «mersisaydliklar» «qirollik klubi» bilan kelishuv tafsilotlarini kelishib olishlari kerak. “Qaymoqranglilar” Asensio uchun 40 million yevro to’lashsa, uni “Enfild”ga qo’yib yuborishga tayyor.
26 yoshli ispaniyalik futbolchi madridliklar safida 2015 yilning iyulidan buyon to’p surmoqda. Yarim himoyachining «Real» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o’rtalariga qadar amal qiladi.
Izohlarni ko`rish