Jahon chempionatida ishtirok etuvchi bir qator yulduz sportchilar nomi e'lon qilindi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi yana bir necha kundan so’ng Toshkentda start oladigan erkaklar o’rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etuvchi bir qator yulduz sportchilar nomini e’lon qildi.

Unga ko’ra, bo’lajak musobaqada 2021 yil Serbiyada o’tgan dunyo birinchiligida g’alaba qozongan quyidagi 7 bokschi chempionlik titulini himoya qiladi:

-51 kg: Saken Bibossinov (Qozog’iston)
-54 kg: Tomoya Suboi (Yaponiya)
-60 kg: Sofyan Omixa (Fransiya)
-67 kg: Sevon Okazava (Yaponiya)
-75 kg: Yeonlis Ernandes (Kuba)
-86 kg: Loren Alfonso (Ozarbayjon)
-92 kg: Xulio La Kruz (Kuba)

Eslatib o’tamiz, jahon chempionati 30 aprel – 14 may kunlari poytaxtimizdagi «Humo arena» majmuasida bo’lib o’tadi.