Sepkillar nima va ular qanday paydo bo’ladi?
Sepkillar bu haddan tashqari pigmentatsiyaga ega bo’lgan teridagi mayda dog’lar bo’lib, ular quyosh nurlari ta’sirida paydo bo’ladi.
Ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish uchun teri melanin ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu pigment ultrabinafsha nurlanishini tarqatishga yordam beradi, shunda u tanaga imkon qadar kamroq zarar yetkazadi. Melaninning yon ta’siri bor – terida to’planib, ular jigarrang ko’rinishga keladi. Shunday qilib sepkillar paydo bo’ladi.
Ko’pincha teri hujayralari taxminan bir xil miqdorda melanin ishlab chiqaradi, shuning uchun insonning teri rangi bir maromda o’zgaradi. Ammo ba’zi odamlarda ultrabinafsha nurlar ta’sirida bo’lgan alohida hujayralar boshqalarga qaraganda ko’proq pigment ishlab chiqaradi. Shunga ko’ra, ular kichik jigarrang dog’larga o’xshaydi.
Olimlar melaninning notekis ishlab chiqarilishini ikkita omil bilan bog’lashadi: genetika (shuning uchun sepkillar ko’pincha ota-onadan bolalarga meros bo’lib qoladi) va epidermis hujayralarining quyosh ta’sirida shikastlanishi.
Sepkillardan qanday qutulish mumkin?
Darhaqiqat, yagona yo’l – teri yuzasidan ortiqcha miqdorda melanin bo’lgan hujayralarni “o’chirish”.
Bir narsani unutmang qaysi variantni tanlasangiz ham, teringizni quyoshdan ehtiyotkorlik bilan himoya qilishga tayyor turing. Yangilanadigan epidermisga tushgan ultrabinafsha nuri, yangi sepkil paydo bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin.
1. Oqartiruvchi krem
Siz dorixonalarda sotiladigan resepsiz variantlardan boshlashingiz mumkin. Bundan tashqari, dermatologning reseptini talab qiladigan yanada kuchli oqartiruvchi mahsulotlar mavjud. Ammo bu holatda shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Ko’pincha oqartiruvchi kremlarning asosiy tarkibiy qismi gidrokinon bo’lib, melanin ishlab chiqarishni to’xtatib, terini yorqinlashtiradi. Ammo uning boshqa ta’siri bor:
– quruq teri;
– yallig’lanish paydo bo’lishi;
– terining rangi o’zgarishi;
– qichishish.
Shuning uchun, ayniqsa, terining turi uchun shifokor bilan oqartiruvchi kremni tanlash tavsiya etiladi, bu esa muammo xavfini kamaytirishga yordam beradi.
2. Lazer terapiyasi
Muayyan to’lqin uzunligiga ega bo’lgan lazer nurlari yuzning boshqa hujayralariga shikast yetkazmasdan, pigmentli hujayralarga ta’sir o’tkazadi. Lazer ta’sirida melanin yo’q qilinadi. Ushbu usul eng samarali deb hisoblanadi: agar sepkillar egallagan joy unchalik katta bo’lmasa (masalan, ular faqat burun qismida bo’lsa), bitta protsedura orqali ulardan qutulish mumkin.
Ammo yuqorida sanab o’tilgan boshqa usullar kabi, lazer terapiyasi ham terining qichishi, qizarishi va shishishiga sabab bo’lishi ehtimoli bor.
3. Krioxirurgiya
Bunda asosiy faol element suyuq azot hisoblanadi. Kosmetolog yoki dermatolog uni sepkilli teriga qo’llaydi va qattiq muzlash ortiqcha melaninni o’z ichiga olgan hujayralarni yo’q qiladi. Bu zarar qilmaydi, biroq:
– vaqtinchalik gipopigmentatsiya (terining oqarishi);
– teri ustida pufakchalar paydo bo’lishi mumkin.
Ammo ular kamdan-kam hollarda paydo bo’ladi.
4. Uy sharoitida davolanish usullari
Tibbiyot mutaxassislarining eslatishicha: aksariyat hollarda xalq tabobati samaradorligi tasdiqlanmagan. Biroq uyda oddiy vositalar sepkil bilan kurashishga yordam berganini da’vo qiladigan odamlar bor.
Shuning uchun, agar chindan ham xohlasangiz, xalqona reseptlarni sinab ko’rishingiz mumkin. Xayriyatki, ularning aksariyati teriga zarar yetkazishi ehtimoldan yiroq emas.
Limon sharbati. Paxta matoga bir necha tomchi sharbat tomizib, u bilan sepkilni davolash mumkin. Bir necha daqiqa o’tgach, iliq suv bilan yuvib tashlash kerak.
Asal. Uy sharoitida tayyorlangan asalni mayda shakar yoki tuz bilan aralashtirib, haftada ikki marta terini davolash mumkin.
Qatiq. Ushbu mahsulot tarkibida sut kislotasi mavjud, ya’ni u yengil kimyoviy vositalarga muqobil bo’lishi mumkin. Niqob shaklida yuzingizga smetana surting, 10-15 daqiqadan keyin iliq suv bilan yuvib tashlang.
Agar ushbu muolajalar vaqtida yuzda qizish yoki boshqa ta’sirlarni sezsangiz darhol teringizni yuvib tashlash tavsiya etiladi.
Yana sepkillar paydo bo’lmasligi uchun nima qilish kerak?
Oldini olishning yagona yo’li bor: inson o’zini quyosh nurlaridan himoya qilishi shart yoki doimiy ravishda teri kremlaridan foydalanishi kerak.