“PSJ” muxlislari Neymarga nisbatan hushtakbozlik qilishda davom etmoqda. Ultras hatto chempionlik o’yinida ham oxirigacha qolmadi va o’z noroziligini bildirish maqsadida tribunani tark etdi.
O’yindan keyin Neymar jurnalistining bu boradagi savoliga keskin javob qaytardi:
“Menda hali uch yillik shartnoma bor. Hushtakbozlik qilishsa ham bu yerda bo’laman.
Yana uch yil shu yerdaman. Shunday ekan hushtakbozlikni to’xtating yoki sizga havo yetmay qoladi”.
Izohlarni ko`rish