«Atletiko» klubi jamoa hujumchisi Luis Suares bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan.
AS xabariga ko’ra, madridliklar bosh murabbiyi Diego Simeone va klub rahbariyati uchrashuvidan so’ng urugvaylik 35 yoshli forvard bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilingan. Suares yozda shartnomasi nihoyasiga yetgach, jamoa bilan xayrlashadi.
Luis Suaresga MLSning «Inter Mayami» klubidan taklif bor. Devid Bekhemga tegishli klub yozda urugvaylik yulduzni taklif etmoqchi.
Suares 2020 yilda 7 million yevro evaziga «Barsa»dan «Atletiko» safiga borib qo’shilgan edi. U joriy mavsum La Ligada 29 o’yinda 11ta gol va 2ta assistga mualliflik qilgan.
sports.ru
Izohlarni ko`rish