Futzal. O'zbekiston Tailandni tor-mor etib, Osiyo kubogida 3-o'rinni egalladi Kuvaytda o’tayotgan futzal bo’yicha Osiyo kubogining 3-o’rin uchun kechgan bahsi yakuniga yetdi.

Uchrashuvda O’zbekiston milliy jamoasi Tailandga qarshi parketga tushib, raqibni yirik 8:2 hisobida tor-mor etdi.

Shu tariqa, Bahodir Ahmedov shogirdlari turnirni 3-o’rinda yakunlashdi va futzalda Osiyoning 3-jamoasi bo’lib qolishdi. Final Eron va Yaponiya o’rtasida o’tadi.

Futzal. Osiyo kubogi-2022.
3-o’rin uchun o’yin. 8 oktyabr
Tailand – O’zbekiston – 2:8

Gollar: Vingvon 2, Srirangpirot 27 – Ixtiyor Ropiyev 2, 26, Davron Choriyev 6, Elbek To’lqinov 14, Husniddin Nishonov 16, Sunatilla Jo’rayev 22, Anasxon Rahmatov 23, Ilhomjon Hamroyev 31.
Tailand (beshlik): 12.Katavut Xankampa, 3.Vorasak Srirangpirot, 4.Krit Aransanyalak, 13.Saravut Palapruek, 14.Narongsak Vingvon.
Zaxira: 1.Panurat Olan, 2.Panut Kittipanuvong, 5.Ronnachai Jungvongsuk, 6.Itticha Prapapan, 7.Charundich Muentiang, 8.Jetsada Chudech, 9.Subhavut Tuenklang 10.Varut Vangsama-Aeo, 11.Tanatip Sangsung.
O’zbekiston (beshlik): 1.Rustam Umarov, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhom Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron Choriyev.
Zaxira: 12.Ravshan Eliboyev, 2.Anasxon Rahmatov, 3.Mashrab Odilov, 5.Sunnat Jo’rayev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Elbek To’lqinov, 11.Akbar Usmonov, 13.Shahram Faxriddinov, 14.Davlat Ibragimov.