Umumiy maydoni 30 150 kvadrat metr bo’lgan Chamlija minorasi dengiz sathidan 587 metr balandlikda Istanbuldagi eng baland inshootdir. Minora jami 49 qavatdan iborat bo’lib, 4 ta yer ostida va 45 ta yer ustida joylashgan. Oddiy inshoatdan farqli o’laroq, minora ramziy inshoatdir, chunki u mamlakatdagi eng baland inshoat bo’lib, zilzila xavfi mavjud va shamol esishining eng muhim nuqtalari kesishgan xavfli hududlardan birida joylashgan.
Media va radio-televidenie xizmatlaridan tashqari, simsiz telekommunikatsiya operatorlariga infratuzilma xizmatlari ham mavjud.
Chamlija radio va televidenie minorasi yiliga, taxminan, 4,5 million ziyoratchini sig’dira oladigan sovg’a do’koni, kafeteryasi, restorani, betakror manzarani tomosha teraslari va faoliyat maydonlari bilan Istanbul iqtisodiyoti va turizmiga hissa qo’shib kelayotgan diqqatga sazovor markazlaridan biridir.
Istanbul dunyoning mashxur shaharlaridan biridir. Dengiz shaharni o’rab turadi. Qadimiy tarix va o’ziga xos madaniyatni ega. Yevropa va Osiyo kesishgan nuqtasini tomosha qilish uchun Chamlijaga tashrif buyurishingizni tavsiya etamiz.
ISTANBUL ChAMLIJA ARXITEKTURASI:
Tanlovlar natijasida Chamlija radio va teleminorasining arxitektura loyihasi Istanbul shahar me’morchiligiga asar sifatida qo’shildi. Minoraning har bir nuqtasi, fasad yoritgichidan ichki arxitekturagacha alohida ahamiyatga ega. Minora Istanbulning, eng qimmatli inshoatlaridan biri bo’lib, noyob landshaft va interaktiv faoliyat joylariga qaraydigan terassasi bilan mashxurdir.
ISTANBULNI TERRASADAN KO’RISh IMKONIYaTI:
Minoraning 33 va 34-qavatlarida dengiz sathidan 366,5 va 371 metr balandlikda joylashgan ikkita alohida tomosha terassalari bilan Istanbulni ko’rish imkoniyatiga ega bo’lasiz. U yerga tashrif buyuruvchilar o’zining jahon oshxonasining eng mazzali taomlarini tatib ko’rish imkoniyatini beradi.