Forbes’ga ko'ra Messi yilning eng ko'p maosh oluvchi sportchisi hisoblanadi (ro'yxat)

Lionel Messi dunyoning eng ko’p maosh oluvchi sportchilari ro’yxatida birinchi o’rinni egalladi.

Forbes ma’lumotlariga ko’ra, 2021 yil 1 maydan 2022 yil 1 maygacha “PSJ” futbolchisi 130 million dollar ishlab topgan, shundan 75 dollari uning maoshidan, yana 55 dollari esa homiylik va reklama kelishuvlaridan kelib chiqqan.

To’liq 10 talik quyidagicha:

1. Lionel Messi — 130 million dollar (maoshi — 75 million dollar, reklama — 55 million dollar);

2. Lebron Jeyms – 121,2 million (41,2 + 80);

3. Krishtianu Ronaldu – 115 million (60+55);

4. Neymar – 95 million (70+25);

5. Stefen Karri – 92,8 million (45,8+47);

6. Kevin Dyurant – 92,1 million (42,1+50);

7. Rojer Federer – 90,7 million (0,7+90);

8. Saul Alvares – 90 million (85+5);

9. Tom Bredi – 83,9 million (31,9+52);

10. Yannis Antekumbo – 80,9 million (39,9+41).