Gap shundaki, Argentina finalda Fransiya ustidan g’alaba qilgandan so’ng turk oshpazi Nusret maydonga tushgan va jahon kubogi bilan suratlar qilgan.
Oshpazning xatti-harakati ijtimoiy tarmoqlarda rezonans keltirib chiqardi.
“FIFA marosim tugaganidan so’ng shaxslar maydonga ruxsatsiz kirishga erishganini aniqladi. Ichki choralar ko’riladi”, deyiladi tashkilot bayonotida.
❗️FIFA qoidalariga ko’ra, kubokni faqat turli yillardagi jahon chempionatlari g’oliblari, shuningdek, davlat rahbarlari va tashkilot prezidenti qo’llarida ushlab turishi mumkin.
Izohlarni ko`rish