Vladimir Putin Rossiya Ukrainadagi urushni tezroq tugatish tarafdori ekanini ta’kidladi.
«Bizning maqsadimiz harbiy mojaroni davom ettirish emas, aksincha, urushni tugatish. Shunday ekan, bunga intilamiz va buning bajarilishini ta’minlashga harakat qilamiz», — dedi Putin jurnalistlarga bergan intervyusida.
Shuningdek, prezident Rossiya Ukraina bilan tinchlik muzokaralarini rad etmasligini ma’lum qildi.
“Barcha qurolli to’qnashuvlar u yoki bu tarzda diplomatik yo’l orqali muzokaralar bilan yakunlanadi. Biz bundan hech qachon tortinmaymiz. Ukrainaning hozirgi rahbariyati o’ziga o’zi muzokara qilishni taqiqladi.
Shunga qaramay, ertami-kechmi, albatta, ziddiyatli vaziyatda bo’lgan har qanday tomon o’tirib, kelishishga rozi bo’ladi. Bu tushuncha bizga qarshi chiqqanlarga qanchalik tez yetib borsa, shuncha yaxshi. Biz bundan hech qachon qaytmaganmiz», — deydi Vladimir Putin.