Levandovski Ronaldu va Messilarning natijalarini takrorladi

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski YeChL 1/8 finali doirasidagi «Zalsburg»ga qarshi javob uchrashuvida (7:1) xet-trik qayd etdi. U Chempionlar Ligasi tarixidagi eng tez xet-trik muallifi bo’ldi.

33 yoshli polshalik hujumchi uchun bu joriy mavsum Chempionlar ligasidagi ikkinchi xet-trik bo’ldi. Levandovski UEFA tarixida bir mavsumda ikki yoki undan ortiq xet-trik qayd etgan beshinchi futbolchiga aylandi.

Robertdan tashqari, Krishtianu Ronaldu (2016/17-mavsum), Lionel Messi (2011/12, 2016/17), Luis Adriano (2014/15) va Mario Gomeslar (2011/12) Chempionlar Ligasidagi ikkita martadan xet-trik qayd etishgan.