Eldor Shomurodov va «Roma» bugun Konferensiyalar ligasi g'olibiga aylanishi mumkin

Bugun, 25 may oqshomida ko’hna qit’ada muxlislar e’tibori joriy mavsum ilk marta tashkil etilgan turnir – Konferensiyalar ligasi finali bo’lib o’tadi.

Unda «Roma» klubi Niderlandiyaning «Feyenoord»ga qarshi maydonga tushadi. Final bahsi Albaniya poytaxti Tiranada o’tkaziladi.

E’tiborlisi shundaki, final bahsda rimliklar safida hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham ishtirok etadi va g’olib bo’lish imkoniyati bor. Bahs Toshkent vaqti bilan 23:59da boshlanadi.

Konferensiyalar ligasi. Final.
«Roma» – «Feyenoord»